So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

30 mar 13:00
Yangiliklar

Boshqalar

Qoraqalpog'istonlik sportchi qizlarga Prezident sovg'alari topshirildi

Teglar :  Prezident sovg'asi
Nukus shahridagi umumtalim maktablari, akademik licey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan muntazam shug'ullanayotgan 2 mingdan ortiq o'quvchi-qizlariga Prezident sovg'asi – sport liboslari topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida sport, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning istedod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan barpo etilib, zamonaviy jihozlar bilan taminlangan muhtasham sport inshootlari umumtalim va o'rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari o'quvchilarining sport bilan muntazam shug'ullanishi, eng muhimi, har tomonlama sog'lom ulg'ayshiga xizmat qilmoqda.

Bu boradagi ishlar ko'lamini yanada kengaytirishda davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning joriy yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz sovg'asini olgan qizlar safida Nukus shahridagi 9-umumtalim maktabining 9-sinf o'quvchisi Oygul Berdaqova ham bor. U to'rt yildan buyon sportning engil atletika turi bilan muntazam shug'ullanib keladi. Bir necha bor Qoraqalpog'iston chempioni bo'lgan Oygul 2016 yili Qarshi shahrida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida 800 metrga yugurish bo'yicha birinchi o'rinni egallab, oltin medalni qo'lga kiritdi.

– Prezidentimiz sovg'asi bizni yangi marralar sari ruhlantiradi, – deydi u. – Bizga ko'rsatilayotgan bunday yuksak etibor va ishonchni oqlab, kelgusida O'zbekistonimiz sharafini xalqaro miqyosda yanada ulug'lashga hissa qo'shish asosiy maqsadimizdir.

Qoraqalpog'istonlik 8 ming 330 ga yaqin sportchi qizga Prezident sovg'alari topshirildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing