19 jan 07:23
Yangiliklar
Qoraqalpoq qilichbozlari yoshlar chempionatida tengsiz
2001 yil va undan keyin tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi musobaqada Respublikamizning eng sara yosh qilichbozlari bahs olib borishmoqda.
Reglamentga ko'ra, bugun sablya qurolining yakkalik yo'nalishida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Ushbu yo'nalishda kutilganidek qoraqalpog'istonlik qilichbozlarga teng keladigani topilmadi. Qizlar o'rtasida Zaynab Dayibekova yana bir bor oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, yigitlardan SHerzod Mamutovning qo'li baland keldi.
Yakkalik, qizlar
1. Zaynab Dayibekova (Qoraqalpog'iston)
2. Sevinch Ismoilova (Toshkent)
3. Gulbonu Esemuratova (Qoraqalpog'iston)
3. SHahnoza Tog'aymurodova (Toshkent)
Yakkalik, yigitlar
1. SHerzod Mamutov (Qoraqalpog'iston)
2. Allaniyaz Eshanov (Qoraqalpog'iston)
3. Jaloliddin Dushamboev (Toshkent viloyati)
3. Fozil Genjebaev (Qoraqalpog'iston)
Musobaqa 23 yanvarga qadar davom etadi.
Fikrlar