So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

27 okt 13:15
Yangiliklar

Gandbol

Qo'rg'ontepalik gandbolchilar viloyat bosqichi g'olibi bo'lishdi

Andijon shahridagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi gandbol musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqa ochilishiga bag'ishlangan tadbirda so'z olgan Andijon viloyati hokimining o'rinbosari Komiljon Komilov, viloyat mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi raisi o'rinbosari Muhammadjon Nishanov va boshqalar tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy sport o'yinlari va sport turlarini yoshlar o'rtasida ommalashtirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, istedodi va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish maqsadida o'tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib berayotganligi takidlandi.  

17-30 yoshli mahalla yoshlari o'rtasida o'tkazilgan gandbol musobaqasining viloyat bosqichida 16 ta tuman, shahar jamoasi ishtirok etib, g'oliblik uchun o'zaro bahs olib bordi. 

Qiziqarli bahslar asosida o'tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, Qo'rg'ontepa tumani gandbolchilari birinchi o'ringa sazovor bo'ldi. 

Musobaqada ikkinchi o'rin Paxtaobod tumani, uchinchi o'rin esa Jalaquduq tumani gandbolchilariga nasib etdi. 

Musobaqaning g'olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing