So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

30 sen 11:22
Yangiliklar

SHaxmat

Qosimjonov Angliyadagi turnirda, amaldagi jahon chempioni ham

SHu kunlarda Angliyaning Men orolida shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o'tayotgan open-turnirda hamyurtimiz, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. SHveycarcha tizimda o'tayotgan ushbu musobaqada jami 159 nafar shaxmatchi dona suryapti.

Ular orasida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, sobiq jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand, umuman olganda, jahon reytingining yuqori elitasidagi barcha shaxmat yulduzlari bor.

Turnir g'olibi 50 000 funt sterlingga ega bo'ladi. Ikkinchi o'rin sohibi 25 000, uchinchi o'rinni egallagan shaxmatchi 12 500 funt sterling miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritadi.


Rustam Qosimjonov ketma-ket 3 ta partiyada raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi. To'rtinchi partiyada amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen bilan durang o'ynadi. Kecha o'tkazilgan 7-partiya uchrashuvida Qosimjonov franciyalik grossmeyster Laurent Fressine bilan murosaga keldi.

Hozircha hamyurtimiz 7 imkoniyatdan 5 ochko jamg'argan. Peshqadam Magnus Karlsen hisobida 6 ochko bor. Demak, bitta g'alaba turnir jadvalida katta o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkin.

7-tur natijalari: Karlsen – Vidit durang; Karuana – Jons 1-0, Vagner – Nakamura 0-1, Baciashvili – Elyanov 0-1, Zatonskix – Sutovskiy 0-1, Lenderman – Anand, Adams – L’Ami, Qosimjonov – Fressine, Rapport – Svapnil, Movsesyan – Sokolov partiyalari durang bilan yakunlandi.

7-turdan keyingi vaziyat: 1. M.Karlsen (Norvegiya) – 6; 2-6. F.Karuana, X.Nakamura (ikkisi ham AQSH), P.Elyanov (Ukraina), S.Vidit (Hindiston), E.Sutovskiy (Isroil) – 5,5; 7-21. V.Anand, S.Svapnil (ikkisi ham Hindiston), M.Adams (Angliya), Rustam Qosimjonov (O'zbekiston), R.Rapport (Vengriya), S.Movsesyan (Armaniston), Xou Ifan (Xitoy), V.Akobyan, A.Lenderman (ikkisi ham AQSH), L.Fressine (Franciya), N.Grandelius (SHveciya), E.L’Ami, I.Sokolov (ikkisi ham Gollandiya), S.Bogner (SHveycariya), F.Bindrix (Germaniya) – 5.

8-tur juftliklari: Karuana – Karlsen, Nakamura – Sutovskiy, Vidit – Elyanov, Fressine – Anand, Grandelius – Adams, L’Ami – Qosimjonov, Sokolov – Rapport, Bindrix – Movsesyan, Xou Ifan – Bogner, Akobyan – Lenderman, Svapnil – SHort, Kramnik – Seturaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing