02 okt 08:44
Yangiliklar
Qosimjonovda durang, amaldagi jahon chempioni turnir g'olibi bo'ldi
Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o'tgan open-turnirda hamyurtimiz, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. SHveycarcha tizimda o'tkazilgan ushbu musobaqada jami 159 nafar shaxmatchi dona surdi.
Ular orasida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, sobiq jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand, umuman olganda, jahon reytingining yuqori elitasidagi barcha shaxmat yulduzlari bor edi.
Rustam Qosimjonov so'nggi 9-partiya uchrashuvida oq donalarda o'ynashiga qaramay, germaniyalik Falko Bindrix qarshiligini enga olmadi. Partiya durang natija bilan yakunlandi. Hamyurtimiz yakunda 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg'arib, raqiblari bilan 15-18 o'rinlarni bo'lishib oldi.
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen 7,5 ochko bilan musobaqa g'olibiga aylandi. Jahon chempioni so'nggi turda asosiy raqiblaridan biri amerikalik Fabiano Karuana bilan durang o'ynadi.
Vishvanatan Anand 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka aynan shuncha ochko to'plagan Karuana yakun yasadi. Karlsen turnir g'olibi sifatida 50 000 funt sterlingga ega bo'ldi. Anand 25 000, KAruana 12 500 funt sterling miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Fikrlar