So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 may 09:19
Yangiliklar

SHaxmat

Qosimjonovda g'alaba, 15 yoshli Abdusattorov kuchli grossmeysterni mag'lub etdi

Poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida o'tkazilayotgan Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Kecha kunning ikkinchi yarmida musobaqaning ettinchi  tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov ushbu turda qora donalarda harakat qildi. 17-jahon chempioni qozog'istonlik xalqaro grossmeyster Anuar Ismagambetovni mag'lubiyatga uchratdi. 

15 yoshli xalqaro grossmeyterimiz Nodirbek Abdusattorov ham ajoyib g'alabaga erishdi. U qozog'istonlik grossmeyster Pyotr Kostenkoni taslim etdi. Turnir jadvali peshqadami qozog'istonlik Rinat Jumaboev hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboevdan ustun keldi va karvonboshiligini mustahkamladi. 

Yana bir yosh grossmeysterimiz Jahongir Vohidov oq donalarda o'ynashiga qaramay, qozog'istonlik grossmeyster Murtaz Kajgaleevga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tajribali grossmeysterimiz Marat Jumaev esa shogirdi Ortiq Nig'matovni engdi. 

Ettinchi turdan so'ng musobaqa jadvalida Rinat Jumaboev 5,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Rustam Qosimjonov va Nodirbek Abdusattorov 5 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olishgan. Nikita Xoroshev, Murtaz Kajgaleev va Marat Jumaev hisobida 4 tadan ochko bor. 

Bugun 8-turda Abdusattorov oq donalarda Rinat Jumaboevga qarshi harakat qiladi. Agar 15 yoshli grossmeysterimiz ushbu bahsda g'alaba qozona olsa, u holda chempionlik uchun juda katta qadam tashlaydi. Rustam Qosimjonov esa bu turda Nikita Xoroshevni sinovdan o'tkazadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing