14 iyu 09:09
Yangiliklar

Qoyil! Umida Omonova FIDE Jahon kubogining to'rtinchi bosqichiga chiqdi
Quvonarlisi, ushbu bosqichga O'zbekiston vakilasi ham etib keldi. Dastlabki ikki davrada nomdor raqibalarini mag'lub etgan istedodli shaxmatchimiz Umida Omonova uchinchi bosqichda ham kichik sensanciya sohibasiga aylandi.
Hamyurtimiz o'ziga xos Markaziy Osiyo derbisida qozog'istonlik Elnaz Kaliaxmetni 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi kun qora donalarda o'ynashiga qaramay, muqarrar mag'lubiyatni durangga aylantirib olgan Umida javob bahsida oq donalarda harakat qildi va raqibasini mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Umida Omonova Jahon kubogining to'rtinchi bosqichida xitoylik grossmeyster Ley Tinczega qarshi dona suradi. Ushbu davra uchrashuvlari 16 iyul kuni boshlanadi. Bugun uchinchi bosqichning hal qiluvchi tay-breklari o'ynaladi.
Fikrlar