05 dek 14:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'iston erkaklar terma jamoasida Osiyo chempionatidagi ilk mag'lubiyat
CHiangmayda (Tailand) davom etayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi ASBC Osiyo chempionatida oltinchi kungi bahslar o'tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan qozog'istonlik charm-qo'lqop ustasi Bibaris Jeksen chorak final bosqichida ringga chiqdi. Tojikiston vakili Akmal Ubaidovga qarshi kechgan jang to'liq davom etdi va unda ochkolar hisobiga ko'ra Ubaidovning qo'li baland keldi.
Bibaris musobaqaning nimchorak final bosqichida o'zbekistonlik Dilshod Abdumurodovni enggan edi.
Bu Qozog'iston erkaklar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ilk yo'qotishi bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar