02 avg 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA, Parij-2024
Qozog'iston MOQ kecha mag'lub bo'lgan bokschisi uchun apellyaciya berdi
Qozog'iston Milliya Olimpiya qo'mitasi 63,5 kg vazn toifasidagi bokschisi Muhammedsabir Bazarbayuli va gruziyalik Lasha Guruli o'rtasidagi jang natijasiga oydinlik kiritishni talab qilib, PBU'ga (Paris Boxing Unit) rasman murojaat qildi.
"Qozog'iston MOQ Muhammedsabir Bazarbayulining jangi natijasi bo'yicha apellyaciya berdi. Biz natijadan rozi emasmiz va XOQni xabardor qilib, PBU'dan tushuntirishni talab qildik. Fikrimizcha, qozog'istonlik bokschi 2024 yilgi Olimpiada o'yinlarining yarim finaliga chiqish uchun muhim jangda g'alaba qozondi.
O'tgan jang natijasini ko'rib chiqishning iloji yo'qligini tushunamiz. Ammo biz eng muhim xalqaro musobaqada hakamlik qilish qolgan sportchilar uchun halol, adolatli va xolis bo'lishini talab qilamiz", deya izoh berdi Qozog'iston MOQ Bosh kotibi Janar Utesheva.
Havola :
Manba : olympic.kz
Fikrlar