07 avg 01:45
Yangiliklar
Boks/MMA, Parij-2024
Qozog'iston Parij Olimpiadasida boksdagi ilk medalini qo'lga kiritdi
Qozog'istonlik bokschi Nazim Kizaybay (51 kg) Parij Olimpiadasi bronza medalini qo'lga kiritdi.
U yarim final bosqichida amaldagi Jahon chempioni, xitoylik Vu Yuga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, 30 yoshli Kizaybay o'zining ilk Olimpiadasida bronza medaliga ega chiqdi. Bu Qozog'iston boks terma jamoasining musobaqa doirasidagi ilk medaliga aylandi.
Mazkur natija orqali Qozog'iston delegaciyasi musobaqadagi beshinchi medaliga ega bo'ldi. Endilikda ularning hisobida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.
Malumot uchun, Kizaybay bungacha ikki karra Jahon chempioni (2014, 2016) va Osiyo chempioni (2021) bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar