04 sen 07:52
Yangiliklar
Boshqalar
Qozog'iston Turizm va sport vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
Parij-2024 Olimpiadasidagi salbiy natijalar ortidan Qozog'iston Turizm va sport vaziri Ermek Marjikpaev vazifasidan ozod etilgandi.
Qozog'iston prezidenti Kasim-Jomart Tokaevning Farmoni bilan Erbol Kuantaevich Mirzabosinov Qozog'iston Respublikasi turizm va sport vaziri etib tayinlandi.
Avvalroq Mirzabosinovning nomzodi deputatlar tomonidan maqullangan edi. U bu lavozimda 31 avgust kuni vazirlikdan ozod etilgan Ermek Marjikpaev o'rnini egalladi. Marjikpaev ushbu lavozimga 2023 yilning sentyabr oyida tayinlangan edi.
Eslatib o'tamiz, Qozog'iston sport delegaciyasi Parij-2024 Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 206 davlat orasida umumjamoa hisobida 43-o'rinni egallagandi.
Havola :
Manba : tengrinews.kz
Fikrlar