So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

30 apr 14:31
Yangiliklar

Xokkey

Qozog'iston xokkeyida mojaro: "Torpedo" legioneri jamoadoshini o'ldirganlikda gumon qilinyapti

Teglar :  Torpedo U-K
Bu haqda Telegram platformasidagi sportilinet nashri xabar bermoqda.

"2024 yilning 2 avgust kuni "Torpedo" (Ust-Kamenogorsk) yoshlar jamoasi darvozaboni Ivan Pilyonok vafot etdi. U 19 yoshda edi. Pilyonok 2022/23 yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibida ikkita o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. Klub Pilenyok "Muz sporti saroyi"da kasal bo'lib qolgani, shifokorlar va xodimlar birinchi tibbiy yordam ko'rsatib, tez yordam chaqirgani va u kasalxonada vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Endilikda Pilenyokning o'limi oldidan rossiyalik "Torpedo" hujumchisi Andrey Lagunov bilan bo'lgan mojarosi aks etgan video paydo bo'ldi. Orda.kz nashrining yozishicha, mojaroga ishdan chiqqan havo sovutgichi sabab bo'lgan. Janjaldan keyin Pilyonok yiqilib, hushini yo'qotganini ko'rish mumkin. 24 yoshli Lagunov Qozog'istonda 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda: u "Torpedo" yoshlar jamoasiga kelib, bir mavsumga "Ladya" (MXL) va Qarag'andaning "Sariarka" klublariga borib kelgan. O'tgan mavsumda u 51ta o'yin o'tkazib, 18+19 ochko jamg'argan va "Torpedo" bilan Qozog'iston chempionatining kumush medali sohibiga aylangandi.

Ikki tomonning advokatlariga ko'ra, tergov ishi yakuniga etgan. Marhumning yaqinlari tergovchilar mazkur holatda Lagunov foydasiga qaror chiqarganini takidlamoqda. Andreyning o'zi esa sud uni aybdor deb topgan holatda aybiga iqror bo'lishga va jazo olishga tayyor ekanini bildirgan.

Sud qachon bo'lib o'tishi esa nomalum.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing