30 may 17:53
Yangiliklar

Qozog'istonda prezidentlik saylovi: Golovkinning jangi saylov uchastkalarida translyaciya qilinadi
Xabaringiz bor, 9 iyun tongida Gennadiy Golovkin AQSHda Stiv Rollsga qarshi jang o'tkazadi.
Aynan o'sha kuni Qozog'istonda prezidentlik saylovlari ham tashkil qilinadi.
SHu munosabat bilan, Nur-Sulton shahridagi saylov uchastkalarida mazkur jang translyaciya qilinadi. Bu haqida shahar hokimi Erlan Kanalimov malum qildi.
"Soat 7:00 - 10:00 vaqt oralig'ida taniqli bokschi Gennadiy Golovkin ishtirokidagi uzoq kutilgan jang o'tkazilishi munosabati bilan biz saylov uchastkalarida to'g'ridan-to'g'ri namoyishni amalga oshiramiz", - dedi Erlan Kanalimov.
Eslatib o'tamiz, aynan o'sha kungi jang oqshomida hamyurtimiz Isroil Madrimov meksikalik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Sports.kz
Fikrlar