07 okt 12:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik boks "barbi"si IBO chempioniga aylandi
Tailandning Bangkok shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.
Turnir doirasida qozog'istonlik Angelina Lukas Argentina vakilasi Debor Anaxi Lopes bilan jang qildi. O'n raund etib belgilangan jang to'liq davom etdi va unda ochkolar hisobiga ko'ra Lukas g'olib deb topildi.
Qayd etish joiz, jang ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda vakant bo'lib turgan IBO chempionlik kamari uchun o'tkazildi. Angelina g'alabasi orqali jahon chempioniga aylandi. Bu qozoq "barbi"sining prof boksdagi 11-g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida bitta mag'lubiyat ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar