07 apr 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA, Parij-2024
Qozog'istonlik bokschi yoshi sabab Parij-2024 Olimpiadasida qatnasha olmaydigan bo'ldi
Sportarena.kz nashrining xabar berishicha, qozog'istonlik bokschi Torexan Sabirxan rasmiy rad javobini olgan.
Taniqli bokschi Maxmud Sabirxanning ukasi Torexan 63,5 kg vazn toifasida Tailandda o'tadigan licenzion turnir oldidan tashkil etiladigan mahalliy o'tish turnirida ishtirok etishi kerak edi.
Biroq Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Torexanning 19 yoshga to'lmagani sababli unga licenzion musobaqada ishtirok eta olmasligini bildirib, rasmiy xat yuboorgan.
XOQ qoidalariga ko'ra, sportchi hech bo'lmaganda Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan yilning 1 yanvar sanasida 19 yoshga to'lgan bo'lishi zarur.
Havola :
Manba : SportArena
Fikrlar