So’nggi yangiliklar

19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0 12:40Волкановски Мовсар Евлоев устидан муддатидан олдин ғалаба қозонишни ваъда қилмоқда 0 12:09Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0

04 avg 10:14
Yangiliklar

Boks/MMA, Parij-2024

Qozog'istonlik deputat o'zbek va qozoq bokschilarining Parij Olimpiadasidagi ishtirokini taqqosladi

Teglar :  Qozog'iston
Qozog'iston Respublikasi Parlamenti deputati Daniyar Kaskarauov qozog'istonlik bokschilarning ishtirokini tanqid qildi.

"7 nafar o'zbekistonlik bokschi chorak finalga chiqdi. Bizda esa faqatgina Nurbek Oralbay chorak finaldan o'tdi. Bu sharmandali holat. Qozog'iston boks derjavasi sifatida gavdalanishi kerak. SHuningdek aybni hakam va tashkilotchilardan izlash noto'g'ri. 

Agar haqiqatdan ham kuchli bo'lsa, xech kim g'alabani tortib ololmaydi. O'zbeklarni hakamlar "tortib chiqishdi" deya olmaymiz. Ular ringda "yonishyapti". Ular borini berib, oxirigacha kurashmoqda. Bizning yigitlarda esa bunaqasini ko'rmadim. Albatta bunda murabbiylar va bosh murabbiyning aybi bor. Agar sportchida g'urur, xarakter, milliy rux bo'lmasa, qiyin. 

Bokschilarni faqatgina pul bilan ushlab turish mumkin emas. Jamoaga ko'zi yonadigan yigitlarni taklif qilish kerak. Davlat bokschilar bemalol, boshqa narsani o'ylamay shug'ullanishlari uchun sharoit yaratib qo'ygan. Biroq, natija nol. Tokio Olimpiadasidagi xatolardan xulosa chiqarmadik. SHu sababli, sport sohasi islohotlarga muhtoj. Ularning o'rniga professionallar, sportni tushunadiganlar kerak. 

CHetdan taklif qilingan murabbiylar va legionerlarga faqat qozoq pullari kerak. Kun kelib shartnoma yakunlanadi va ular ketishadi. Qozog'iston boksining rivojlanishidan faqat qozog'istonliklarning o'zi manfaatdor", - deb yozdi Kaskarauov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing