13 fev 09:49
Yangiliklar
Qozog'istonlik UFC debyutanti Nurmagomedov bilan jangni qabul qilishi sababini aytdi
"Biz tayyormiz, shuning uchun bu jangni qabul qildik. Barchasini shu jangda ko'rsatamiz. Men jangga rozi bo'lish yoki uni rad etish haqida o'ylamadim. Menga ovozli xabar jo'natishlari bilan darhol jangga rozilik bildirdim. Uch-to'rt yil oldin o'zimga o'zim "Agar UFS'dan shartnoma berilsa, raqib tanlamasdan jang qilaman deb aytgandim. Hozir shunday bo'lmoqda. Umar - Top raqib, eng zo'r jangchilardan biri.
Agar men Umarni mag'lub etsam, Top-10`dagi raqiblar bilan jang qilishim uchun imkoniyat paydo bo'ladi. Umar - mashhur va kuchli raqib. U bilan jang qilishdan ko'pchilik qochadi. Uning oyoq-qo'llari yaxshi ishlaydi. Universal jangchi, lekin men ham shundayman. Men ham jangda yaxshi kurasha olaman. Barchasiga tayyormiz, ko'ramiz nima bo'lar ekan", - dedi Bekzat.
Fikrlar