20 iyu 13:22
Yangiliklar
Quantbox Chennai Grand Masters 2026. Abdusattorov amaldagi toj sohibi Gukeshga qarshi bahs olib bordi
Mukofot jamg'armasi 79 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada O'zbekiston sharafini grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov himoya qilmoqda. Hamyurtimiz turnirda mag'lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda.

Abdusattorov 4-turda amaldagi jahon toji sohibi Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan partiyada azaliy raqiblar murosa ko'chasini tanlashdi. Uchrashuvda durang natija qayd etildi. Bu shaxmatchilarning o'zaro o'tkazgan 18-uchrashuvi bo'ldi. Nodirbek 3, Gukesh 2 ta uchrashuvda g'alabaga erishgan. Qolgan 13 ta partiyada durang natija qayd etilgan.

To'rtinchi turning qolgan barcha partiyalari ham durang natija bilan yakuniga etdi. Beshinchi tur oldidan turnir jadvalida franciyalik Alireza Firuzja 3 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Arjun Erigaisi 2,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Nihal Sarin, Dmitriy Andreykin va Nodirbek Abdusattorov hisobida 2 ochkodan bor. Gukesh 1,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra so'nggi 8-o'rindan joy olgan.
Bugun 5-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Nihal Saringa qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar