21 iyu 06:48
Yangiliklar
Quantbox Chennai Grand Masters 2026. Abdusattorov hind grossmeysterini taslim etdi. Gukesh yutqazdi
Mukofot jamg'armasi 79 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada O'zbekiston sharafini grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov himoya qilmoqda. Hamyurtimiz 5-turda nihoyatda turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Nodirbek qora donalarda o'ynaganiga qaramay, hindistonlik grossmeyster Nihal Sarinni mag'lubiyatga uchratdi.

Bu turda amaldagi jahon toji sohibi Gukesh Dommaradju mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Hindistonlik jahon chempioni oq donalarda o'ynab, vatandoshi Arjun Erigaisiga yutqazib qo'ydi. Beshinchi turning qolgan ikki partiyasida tomonlar durangga imzo chekishdi.

Abdusattorov 6-turda oq donalarda franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi bahs olib boradi. Gukesh Dommaraju qora donalarda yurtdoshi Pranesh bilan hisob-kitob qiladi.
Oltinchi tur oldidan turnir jadvalida Arjun Erigaisi va Alireza Firuzja 3,5 ochkodan jamg'arib, qo'shhokimlik qilishyapti. Nodirbek Abdusattorov kechagi g'alabasi evaziga 3 ochko bilan sof 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

Fikrlar