19 iyu 12:28
Yangiliklar
Quantbox Chennai Grand Masters 2026. Abdusattorov ikkita turda qanday natija qayd etdi? Bugun Gukeshga qarshi o'yin!
Mukofot jamg'armasi 79 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada O'zbekiston sharafini grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov himoya qilmoqda. Hamyurtimiz 1-turda amerikalik Hans Mok Niemann bilan durang o'ynagan edi.
Ikkinchi va uchinchi turlarda ham uning ishtirokidagi partiyalarda murosa ko'chasi tanlandi. Nodirbek avvaliga hindistonlik Arjun Erigaisi, keyin esa 3-turda yana bir mezbon shaxmatchi Pranesh bilan durangga imzo chekdi.
Bugun Abdusattorov 4-turda amaldagi jahon toji sohibi Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib boradi. SHu kungacha shaxmatchilar o'zaro 17 marotaba to'qnash kelishgan. Nodirbek 3, Gukesh 2 uchrashuvda g'alabaga erishgan. Qolgan 12 ta partiyada durang natija qayd etilgan.
Bugungi partiyalar bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi. To'rtinchi tur oldidan turnir jadvalida franciyalik Alireza Firuzja 2,5 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Arjun Erigaisi 2 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Nihal Sarin, Dmitriy Andreykin va Nodirbek Abdusattorov hisobida 1,5 ochkodan bor. Gukesh 1 ochko bilan 7-o'rindan joy olgan.

Fikrlar