10 dek 20:43
Yangiliklar
Qudratillo Abduqahhorov 14 dekabr kuni Meksikada jang qilishi haqida xabarlar tarqalmoqda
31 yoshli charm-qo'lqop ustasi shu kunlarda Amerika Qo'shma SHtatlarining Los-Anjeles shahrida mashg'ulotlarni olib bormoqda.
Uning murabbiyi Eddi De La Xuertaning xabar qilishicha, bokschimiz 14 dekabr (Toshkent vaqti bilan 15 dekabr tongida) Meksikaning Tixuana shahrida o'tkaziladigan professional boks oqshomi doirasida ringga ko'tariladi.
Abduqahhorovning jangi oqshomning co main event, yani ikkinchi asosiy jang doirasida bo'lib o'tadi. Biroq hozircha hamyurtimizga kim raqiblik qilishi nomalum.
Tixuanadagi boks oqshomining markaziy jangi meksikalik Xayme Mungiya va Franciya vakili Bruno Syureys o'rtasida kechadi.
Malumot o'rnida, Qudratillo Abduqahhorov (20-3-0) so'nggi jangini may oyida greciyalik Andreas Katzurakisga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Fikrlar