13 iyu 11:25
Yangiliklar
Futbol

Qurollangan soliqchilar Ronalduning yaxtasida tekshiruv o'tkazishdi
Ispaniya soliq inspekciyasi qoshidagi bojxona departamenti vakillari Krishtianu Ronalduning yaxtasida tekshiruv o'tkazishdi.
“Real” klubi etakchisi ayni paytda Balear orollarida xordiq chiqaryapti. Bojxona xodimlari futbolchi homilador rafiqasi bilan restorandan yaxtaga qaytgan bir paytda paydo bo'lishgan.
Ular bir yarim soat mobaynida yaxtada tintuv o'tkazishgan. Vaholanki, bu yaxta Ronaldu tomonidan ijaraga olingandi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi o'zining imidj huquqidan oladigan daromadlaridan soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda.
Ronaldu to'lashni istamayotgan summa 14,7 mln evroni tashkil etadi. Ushbu ish yuzasidan sud 31 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar