24 iyu 08:15
Yangiliklar
Qutlug' 60 yoshingiz muborak, SHavkat Miromonovich!
Hurmatli Yurtboshimiz bugun qutlug' 60 yoshga to'ldilar. SHu munosabat bilan saytimiz ijodkorlari va barcha o'quvchilari nomidan SHavkat Miromonovichni bugungi qutlug' sana bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Ilohim, xalqingiz baxtiga hamisha sog' va salomat bo'ling!
El-yurt ravnaqi yo'lida olib borayotgan oqilona va dono siyosatingiz tufayli O'zbekiston yanada gullab-yashnasin, dunyoning etakchi davlatlari orasida o'z o'rni va mavqeyiga ega bo'lib boraversin!
Malumot uchun, SHavkat Miromonovich Mirziyoevning nomzodi o'tgan yilning 19 oktyabr kuni O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Prezidentlikka ilgari surilgandi. 2016 yilning 4 dekabr kuni o'tkazilgan Prezidentlik saylovida 88,61 foiz ovoz bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan edi. Hurmatli Yurtboshimiz o'z lavozimlaridagi vakolatlariga 2016 yilning 14 dekabr kuni kirishganlar. SHavkat Miromonovich Mirziyoev ko'p yillik mehnatlari uchun “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlanganlar.
Fikrlar
Юртимиз бахтига сог-омон булсинлар.
Бошлаган ишлари олдинга юришаверсин.
Хамиша мустакил Узбекистонимиз гуллаб яшнайверсин.