So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

03 iyu 08:27
Yangiliklar

Ot Sporti

Quvaysoyda Vodiy tulporlari ot sporti majmuasi ochildi

Farg'ona viloyati Quvasoy tumanida har tomonlama muhtasham, milliy qorabayir naslli otlarni ko'paytirish va boqish uchun mo'ljallangan Vodiy tulporlari zamonaviy majmuasi ochildi.

U erda asosan harbiylar va “Vatanparvar” tizimi xodimlari uchun otlar tayyorlanadi. Majmua 2,5 gektar maydonda joylashgan. Bu erda zamonaviy drenaj tizimiga ega ochiq va yopiq manejlar qad roslagan bo'lib, solyariy barcha kerakli jihozlar bilan taminlangan. Bunday inshootlar uchun sifatli “qum” juda muhim. Maydon Navoiy viloyati “Jeroy”dan keltirilgan kvarc qumi bilan qoplangan. Demak, majmua nafaqat milliy, balki halqaro darajadagi musobaqalarni ham qabul qila oladi.

Uchta otxonaning biri yosh yilqilar uchun mo'ljallangan, bu erda otlarni sifatli parvarish qilish uchun barcha qulayliklar mavjud. Og'ilxonadagi sug'orgich, oxur va boshqa barcha jihozlar chet eldan keltirilgan. Sport o'yinlari uchun to'siqlar mamlakat korxonalari tomonidan halqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarilgan.

Ajoyib jonivorlarning majmua hududida qulay sharoitda bo'lishi uchun bu erda maxsus basseyn va qumli ot yo'rttirgich bor. Bu esa bo'lajak “harbiy otlar”ga doimo yaxshi ko'rinishda qolishlariga ko'maklashadi. Jonivorlarning salomatligini kuzatish ham qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki barcha kerakli jihozlar (UZI apparati va qon tahlili shular jumlasidan) bilan taminlangan laboratoriya mavjud.

Ochiq manej atrofida 180 o'rinli tribuna va oltita shiyponcha joylashgan, u erdan maydonning ajoyib ko'rinishi ochiladi.

«Vodiy tulporlari» majmuasi qurilishi “Kvarc” AJ mablag'lari evaziga amalga oshirildi. Akcionerlik jamiyati mutaxassislari ot majmuasi imkoniyatlarini kengaytirishni, faoliyat jarayoniga etakchi ish usullarini tadbiq qilishni niyat qilishgan. Masalan, yaqin kelajakda majmuadagi otlar O'zbekistonning ajoyib go'shalarida sayyohlarga xizmat ko'rsatishga tayyor bo'lishadi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o'rinbosari, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi Z.Mirzaev va Farg'ona viloyati hokimi SH.G'aniev ishtirok etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing