23 fev 17:28
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal Akapulko turnirini g'alaba bilan boshladi
Jahonning beshinchi raketkasi, ispaniyalik Rafael Nadal Akapulkodagi turnir startida ATR reytingida 100-o'rinni egallab turgan amerikalik Denis Kudladan 6/3, 6/2 hisobida ustun keldi.
Uchrashuv 1 soatu 16 daqiqa davom davom etdi. O'yin davomida 35 yoshli Nadal sakkizta eys qayd etgan bo'lsa, to'pni o'yinga kiritishda xatoga yo'l qo'ymadi va uchta breyk-poyntni amalga oshirdi. 29 yoshli Kudla esa to'rtta eys qayd etdi va to'rtta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Ilgari sportchilar bir-birlari bilan uchrashishmagan.
Abierto Mexicano Telcel musobaqasining ikkinchi davrasida Nadal amerikalik Stefan Kozlovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar