27 jan 09:18
Yangiliklar
Rafael Nadal Denis SHapovalovning gaplariga javob qaytardi
"Menga alohida munosabat ko'rsatilmaydi. Karlos Bernardesni juda hurmat qilishimni hamma biladi. U ajoyib hakam. Va u har doim kortda menga nisbatan qattiq munosabatda bo'lgan.
Rostini aytadigan bo'lsam, "top o'yinchilar imtiyozlardan foydalanadi" degan keng tarqalgan fikr noto'g'ri. Demak, Denis bu masalada nohaq edi.
So'nggi ikki yil ichida kortda taymer mavjud. Va umuman olganda, vaziyatni hamma uchun adolatli qilishga yordam beradigan ko'plab choralar paydo bo'ldi.
Men Denisga hamdardman, chunki mag'lubiyat bilan kelishish qiyin va unga kelajakda eng yaxshi tilaklarimni tilayman. U yosh (kuladi). Har bir inson yoshligida xato qiladi. Men ham yoshligimda ulardan ko'p xato qilganman. Balki keyinroq u buni o'ylab ko'rar va bugun xato qilganini tushunar",-dedi Nadal.
Eslatib o'tamiz, SHapovalov "hakam uchrashuvda Nadalga yon bosdi" deya shikoyat qilgan edi.
Fikrlar