09 iyu 07:49
Yangiliklar
Rafael Nadal: "Hech qachon "yillik Katta Dubulg'a" haqida o'ylamaganman"
Bungacha u mavsumning dastlabki ikki "Katta Dubulg'a" turniri - Avstraliya Ochiq chempionati va "Rolan Garros"da g'olib chiqqandi.
"Hech qachon "yillik Katta Dubulg'a" haqida o'ylamaganman. Men o'z xursandchiligim, kunlik ishim haqida o'ylaganman. SHunchaki zavq olish uchun o'ynayman.
Avstraliyada sog'lig'im bilan bog'liq muammolar bo'lmagandi. Ammo, o'shanda jarohatdan keyin uzoq vaqt o'tgach qaytgandim. "Rolan Garros"da ruhiy va jismoniy tomonlama ko'p kuch ketdi. Lekin keyin vaziyat yaxshilandi.
Og'ir o'tgan "Rolan Garros"dan so'ng "Uimbldon"ga kelishim bu musobaqa qanday muhim ekanligini va qay darajada bu erda ishtirok etishni istaganimni ko'rsatib turibdi. Men o'zimga imkon berish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilgandim", - dedi Nadal.
Fikrlar