18 apr 18:51
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal kortdagi mashg'ulotlarga qaytdi
Jahonning sobiq birinchi raketkasi Rafael Nadal ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi surat joylashtirdi.
Jarohati sabab bir necha haftani o'tkazib yuborgan ispaniyalik tennischi to'rt haftalik tanaffusdan so'ng ilk bor kortga chiqqanini aytdi.
“Bugun, to'rt haftadan so'ng kortda birinchi mashg'ulotni o'tkazdim. Kortga qaytish qanchalik ajoyib!", - deya izoh qoldirgan Nadal surat ostida.
Eslatib o'tamiz, Nadal mart oyida olgan jarohati tufayli bir necha haftani o'tkazib yuborishga majbur bo'lgandi. 2022 yilgi mavsumda ispaniyalik tennischi uchta turnirda, jumladan, Avstraliya Ochiq chempionatida g'olib chiqdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar