16 sen 16:26
Yangiliklar
Rafael Nadal: "Men sovrinlarim bilan yodda qolishni xohlamayman. Maqsadim boshqa"
"Ko'plab turnir tashkilotchilari men bilan bog'lanib, ular bilan hamkorlik qilishimni taklif qilishdi, lekin men endi avvalgidek emasman. Kortga chiqish uchun men to'liq tayyor bo'lishim kerak - jismonan va ruhan. CHeksiz energiyaga ega odam yo'q. Yoshligingizda sizda kuch-quvvvat ko'p bo'ladi, lekin keyinchalik siz yoqimsiz qarorlarni qabul qilishingizga to'g'ri keladi. Bazan men o'ynashni juda xohlagan turnirlarni o'tkazib yubordim.
Men qo'lga kiritgan sovrinlarim bilan yodda qolishni xohlamayman...Yaxshisi, ular men haqimda o'g'il-qizlariga yaxshi o'rnak oladigan odam sifatida gapirishsin. Mana shu mening maqsadim. Men ko'p yillar o'tgach, har doim kortda va kortdan tashqarida pozitiv inson bo'lganimni aytish imkoni bo'lishini xohlardim. SHunda men baxtli bo'laman", - deya Nadalning so'zlarini keltirdi Tennis World.
Fikrlar