20 okt 15:52
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal: "Men tennissiz hayotdan qo'rqmayman"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal yoshi tufayli faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.
"Hozir hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi. Men yosh haqida o'ylamaslikka harakat qilaman. Ammo qachonki, men o'zimni jismoniy va ruhiy jihatdan tetik his qilolmasam tennisdan ketaman. Qiziq, bu qanchalik tez sodir bo'lar ekan. Albatta, tennis o'ynash juda yoqimli. Buning uchun, tennis kortidan minnatdorman.
Ammo men tennissiz hayotdan qo'rqmayman, chunki men sport sohasida qolaman. Akademiya mening tennisga bo'lgan sevgimni qo'llab-quvvatlaydi. Men yosh tennischilarga yordam berib ular bilan birga bo'laman. Qolaversa, kam taminlangan oilalar farzandlariga yordam beradigan o'z jamg'armamga ko'proq vaqt ajrataman",-deya Nadalning so'zlaridan iqtibos keltiradi Number Web.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar