05 iyu 22:25
Yangiliklar
Rafael Nadal navbatdagi “Rolan Garros” g'olibligidan so'ng nimalar dedi?
«Agar o'zimga ishonmaganimda, bu erda bo'lmagan bo'lardim. Lekin bari bir men bunday natija qilishimni kutmagandim.
Agar siz tennisni tushunsangiz, mening tayyorgarligim idealdan uzoq bo'lganini bilgan bo'lasiz. Birinchidan, qovurg'am cinganligi sababli bir yarim oyni o'tkazib yubordim, keyin oyog'im bilan bog'liq muammolar paydo bo'ldi. Bu jarohat men bilan doim bo'ladi. Ayniqsa Rimdagi turnirda qiynaldim.
Doktor men bilan bu erga keldi. Qanday tushuntirishni bilmayman, bitta oyog'im qotib qolgan holda kortda harakat qildim. Ular menga to'g'ridan-to'g'ri asab tomirlarimga ukol qilishdi va oyog'imni deyarli sezmasdan o'ynadim. Faqat og'riq qoldiruvchi dorilar bilan o'ynay oldim», — deya Nadalning so'zlarini keltirgan turnir matbuot xizmati.
Fikrlar