08 iyu 18:52
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal qo'ltiqtayyoq yordamida yuryapti
"Rolan Garros" turnirining 14 karra g'olibi Rafael Nadal jarohatini davolatishni boshladi.
Ispaniyalik tennis afsonasi oyog'idan jarohat olgan. Hozircha u o'zi erkin harakatlana olmayapti. Nadal "Rolan Garros"dagi o'yinlarini asosan og'riq qoldiruvchi ukol yordamida o'tkazdi.
Ayni paytda u Malorkada muolajalarni olyapti. Nadalning qachon kortga qaytishi mavhumligicha qolmoqda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar