04 fev 16:56
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal: To'yim bilan bog'liq holat meni tashvishga solyapti
Dunyoning ikkinchi raketkasi Rafael Nadal nikoh to'yi bilan bog'liq savollarga keskin javob qaytardi.
“Uylanamanmi yoki yo'q, buning sizga nimasi qiziq? Tushunaman, siz o'z vazifangizni bajaryapsiz. Lekin hozir bu mavzuda men hech narsa demayman. Meni to'yimga bo'lgan qiziqishning kuchayib borayotgani bezovta qilyapti. Qaysidir manoda tashvishga ham solmoqda. Bu mavzuda hech qachon gapirmagan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi”, - dedi Nadal.
Ispaniyalik tennischi 14 yildan beri Xiska Mariya Perello bilan uchrashib yuradi. Matbuotda ularning nikoh to'yi shu yilning kuz oylarida Ispaniyaning Malorka orolida bo'lib o'tishi aytilgan edi.
Havola :
Fikrlar