21 dek 07:23
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadalda koronavirus aniqlandi
Koronavirus ispaniyalik tennischi Rafael Nadalni ham chetlab o'tmadi.
Bu haqda spotrchining o'zi malum qildi.
"Sizlarga shuni malum qilishim kerak-ki, Abu-Dabidan uyga qaytganimdan so'ng menda koronavirus aniqlandi. Quvayt va Abu-Dabida har ikki kunda tekshiruvdan o'tdim va barcha natijalar salbiy chiqdi. Oxirgi test juma kuni o'tkazildi va natijasi shanba kuni elon qilindi. Menda kasallikning engil belgilari bor.
Umid qilamanki, men asta-sekin tuzalib ketaman. Hozir men uydaman va kim bilan aloqada bo'lgan bo'lsam, hammaga bu haqda xabar berdim. SHu sabab taqvimim o'zgarishi mumkin. Holatimga qarab reja tuzaman”, — deb yozdi Nadal Instagram'dagi sahifasida.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar