So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

05 fev 18:50
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Rahmonov - Maxachev, Jons - Aspinall va 2025 yilda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan janglar

UFC 2025 yilda ham muxlislarni zeriktirib qo'ymasligi aniq.

Lekin, shunday janglar borki, ularni barcha kutmoqda. 

Quyida 2025 yilda kutilayotgan eng qiziqarli janglar ro'yxati bilan tanishing: 


Iliya Topuriya – Aleks Volkanovski (yoki Movsar Evloev)

Bir qarashda, bu g'alati variantdek tuyulishi mumkin. CHunki birinchi jangda Topuriya nokaut bilan g'alaba qozongan bo'lsa, revanshni ko'rish qiziq bo'larmidi?


Aslida, hali ham intriga saqlanib qolgan. Savol shunday: haqiqatan ham, bir paytlar P4P reytingining eng yaxshi jangchisi bo'lgan Volkanovski endi kuchsiz bo'lib qoldimi? Ko'pchilik 2023 yildagi mag'lubiyatini Maxachevdan uchralgan og'ir nokaut bilan bog'lagandi. Bunday zarbalardan tiklanish uchun jangchilarga yarim yil vaqt kerak bo'ladi, lekin Volkanovski to'rt oyda qaytib keldi. Endi u to'liq tiklangan, jarohatlarini davolagan va yana oktagonga qaytishga tayyor. Topuriya bunday Volkanovskiga qarshi kurasha olarmikin? Ko'pchilik "ha" deydi.

Agar bu jang amalga oshmasa, Topuriya va Evloev to'qnashuvi qiziq bo'lardi. Ular 2022 yildayoq jang qilishi kerak edi, ammo jang bekor qilingandi. Hozir Topuriya chempion, Evloev esa reytingda to'rtinchi. Agar ular hozir jang qilmasa, balki hech qachon uchrashishmas. CHunki, Topuriya engil vaznga ko'tarilishni rejalashtirmoqda. SHu bois, u Evloev bilan jang qilib, divizionni "tozalashi" mantiqan to'g'ri bo'lardi.



Bilol Muhammad – SHavkat Rahmonov

Bu jang 2024 yil dekabrdagi UFC 310 turnirida bo'lishi kerak edi, lekin Muhammadning jarohati tufayli bekor qilindi. Rahmonov esa Ian Gerriga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi. Hozir uning chempionlik jangiga hech qanday to'siq qolmadi. Masala faqat ushbu jangning qachon bo'lishida qolgan.


Rahmonov barcha janglarida ustunlik qilgan, lekin Gerrini nokaut qila olmagani sababli, Bilolga qarshi jang uchun qiziqish yanada oshib ketdi. UFC 310 oldidan ko'pchilik Rahmonovga kamarni oldindan "berib qo'ygan" edi. Ammo hozir intriga kuchaydi. Bu yilning eng tomoshabop jangi bo'lmasligi mumkin, ammo u keskin kurashlarga boy bo'lishi aniq.



Drikus Dyu Plessi / SHon Striklend – Xamzat CHimaev

UFC 312 turnirida Drikus Dyu Plessi kamarini SHon Striklenddan himoya qiladi. Bu juftlikda g'olib chiqqan jangchi, ehtimol, navbatdagi raqib sifatida Xamzat CHimaevga to'qnash keladi. CHimaev 2024 yil oktyabrida Robert Uittakerni engib, rasmiy ravishda birinchi raqamli davogarga aylangan.


CHimaev chempionlik jangiga munosibligi haqida ko'plab munozaralar bo'lgandi, ammo Uittakerni enggach, bu boradagi shubhalar yo'qoldi. Faqat bir savol bor: jang qaerda va qachon bo'ladi? Katta ehtimol bilan yozda Saudiya Arabistonida yoki kuzda Abu-Dabida o'tkaziladi. To'qnashuv AQSHda bo'lishi ehtimoli juda kam. Bir narsa aniq: CHimaev chempionlik uchun jang qiladigan navbatdagi jangchidir. Bu kam uchraydigan holat – bu safar chempion davogarni kutmayapti, balki davogar chempionni kutmoqda.



Aleks Pereyra – Magomed Ankalaev

Bu yarim engil vazndagi eng qiziqarli to'qnashuvlardan biri. Pereyra – chempion, Ankalaev esa birinchi raqamli davogar. Ankalaev reytingdagi barcha raqiblarini engib, "divizionni tozalagan". Ular 8 mart kuni jang qilishlari esa allaqachon anons qilingan. 





Jon Jons – Tom Aspinall

Bu UFC'dagi eng kutilgan janglardan biri bo'ladi. Matbuot anjumanlarida Dana Uaytdan bu jang haqida so'rashlari ham bu qiziqishning yuqori ekanini ko'rsatadi.

Bu jang tajriba va yosh, kuch va ayyorlik, jangchilik intellekti va nokautchi kuchi o'rtasidagi to'qnashuv bo'ladi. Jons 2024 yilning noyabrida Miochichni engdi, ammo bu natijadan ko'pchilik hayron qolgani yo'q. Hamma uning Aspinallga qarshi jangini kutayapti. Tom esa Jonsni "qo'rqoqlikda" ayblashda davom etmoqda.


Bu jang bo'ladimi? Dana Uayt "ha" degan. Lekin Jons bu jangni unchalik xohlamayotgani ko'rinib turibdi. UFC Jonsni bu jangga rozi qilish uchun etarlicha katta taklif bera oladimi? Buni tez orada bilamiz.



Pyotr Yan – Kori Sendxegen / SHon O'Melli

Pyotr Yan 2024 yilni yaxshi o'tkazdi. U ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng ikki tajribali jangchini mag'lub etdi. Endi u yana chempionlikka davogar bo'la oladi.

Hozir Yan reytingda ikkinchi o'rinda. Undan oldin SHon O’Melli bor. Pyotr O'Melli bilan 2022 yilda jang qilgan va bahsli tarzda mag'lub bo'lgan. Revansh mantiqan to'g'ri, ammo O'Melli bunga rozi bo'ladimi?


Agar O'Melli bu jangni qabul qilmasa, Yanga Kori Sendxegen to'g'ri keladi. Ular 2021 yilda jang qilishgan va Yan yaqqol ustunlik bilan yutgan. Bu esa uning yana bir bor bu jangga rozi bo'lishi ehtimolini oshiradi.



Islam Maxachev – SHavkat Rahmonov

Maxachev yarimo'rta vazn toifasiga o'tib, u erda ham kamar olishni xohlaydi. Biroq bu jang amalga oshishi uchun bir necha ehtimollar amalga oshishi kerak. 

Birinchisi – Rahmonov Bilol Muhammadni mag'lub etishi kerak. Islom va Bilol o'zaro jang qilmaydi. Demak, SHavkat chempion bo'lsa, bu jang ro'y berish ehtimoli ortadi.

Bu jangning bo'lishi ehtimoli 50/50. Agar barcha ehtimollar amalga oshsa, bu jang 2025 yil oxirlariga kelib amalga oshishi mumkin. Bu jang kutishga arziydigan qarama-qarshilik hisoblanadi.


Siz ko'proq qaysi jangni kutyapsiz? 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing