10 sen 14:48
Yangiliklar
Rahmonov MMA tarixidagi uch sevimli jangchisini ochiqladi
Rahmonov afsonaviy rossiyalik og'ir vaznli Fyodor Emelyanenkoni birinchi o'ringa qo'ydi. SHuningdek, xorvatiyalik Mirko Kro Kop va amerikalik Jon Jonsni alohida takidladi.
"Rostini aytsam, menga Fyodor Emelyanenko yoqardi. Fyodor, Mirko Kro Kop, Jon Jons — afsonaviy jangchilarim", — dedi Rahmonov.
Malumot uchun, Surxondaryo viloyatida tug'ilgan SHavkat Rahmonov hozirda Qozog'iston sharafini himoya qilyapti va professional faoliyatida hali mag'lubiyatga uchramagan: u 19 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan, shundan 18 tasini muddatidan avval yakunlagan. UFC`da qozog'istonlik sportchi ketma-ket ettita jangda zafar quchdi. U o'zining so'nggi jangini 2024 yil dekabr oyida o'tkazib, irlandiyalik Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi.

Fikrlar