31 mar 18:18
Yangiliklar
Futbol

Rakitich kelajagiga oydinlik kiritdi
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoadan ketmoqchi emas.
Bu haqda uning o'zi aytib o'tdi.
"Barselona"da o'ynayotganimdan lazzatlanishim kerak. Oldin ham aytib o'tganimdek, bu erda baxtliman. Umid qilamanki, "Barselona"da uzoq yillar to'p suraman", - dedi Rakitich.
Oldinroq uning xizmatlariga "Inter" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.
Rakitichning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. U 2014 yildan buyon "Barselona" tarkibida harakat qilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar