10 noy 17:49
Yangiliklar
Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"ni boshqarmoqchi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi sport va rivojlanish bo'limi boshlig'i Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"da Sulsherning o'rnini egallashi mumkin. Bu borada u favorit, deb yozmoqda The Sun. Ole-Gunnar Sulsher ketgan taqdirda Rangnik "qizil iblis"larni boshqarmoqchi. Murabbiy 2019 yilda ham "Manchester Yunayted"ni boshqarishga asosiy nomzod sifatida ko'rilgan, Sulsher o'shanda ham jamoadan ketish xavfsi ostida turgandi.
"Lokomotiv" 2021 yil iyul oyida Ralf Rangnikni sport va rivojlanish bo'limi rahbari etib elon qildi. Uning "temiryo'lchilar" bilan shartnomasi 3 yilga tuzilgan. Germaniyalik mutaxassis klubda keng qo'lamdagi ish bilan shug'ullanadi. Strategiya, klublar bilan hamkorlik, akademiya va zaxira tayyorlash vazifasi hisoblanadi.
Fikrlar