13 apr 12:09
Yangiliklar
Futbol

Ramazon oyida Superliga uchrashuvlari vaqti muxlislar uchun qulay vaqtga belgilanadi
Superliga klublari ishtirokidagi 8-tur bellashuvlarining vaqti aniq bo'ldi va ular “Sport” telekanalining haftalik dasturiga kiritildi.
O'yinlarning barchasi ish vaqtidan so'ng start oladi. 25 apreldan boshlab esa vaqtlar yarim soatga suriladi. PFL, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Ramazon ayyomida ham vaqtlar masalasiga o'zgartirish kiritishni rejalashtirgan. Bunda ro'zador futbol muxlislarining og'iz ochish vaqti va boshqa masalalarga etibor qaratish ko'zda tutilgan.
8-tur
24 aprel (seshanba)
18:00: “Neftchi” – “Metallurg”
20:00: “Buxoro” – “Qizilqum”
25 aprel (chorshanba)
18:30: “Paxtakor” – “Navbahor”
20:30: “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912”
26 aprel (payshanba)
18:30: AGMK – “Nasaf”
20:30: “Bunyodkor” – “Lokomotiv”
Havola :
Manba : pfl.uz
Fikrlar