02 fev 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov Azat Maksumga qarshi Toshkentdagi jangi haqida gapirdi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov 7 fevral kuni Toshkentda o'tkaziladigan Mangu 1 MMA turnirida qatnashadi.
Hamyurtimiz o'sha kuni qozog'istonlik UFC cobiq jangchisi Azat Maksumga qarshi jiu-jitsu qoidalari bo'yicha o'tkaziladigan bellashuvda qatnashadi.
"Azat Maksum yaxshi jangchi. UFC'da ham yaxshi janglar ko'rsatgan. Kurashi ham yaxshi. Tayyorlanyapmiz. Xudo xohlasa, 7 fevral kungi jangda kimning kurashi qanday ekanini bilib olamiz. SHunga yarasha yaxshi tayyorlanyapman. Ramazon Temirovning kurashiga shubha bilan qarayotganlarga 7 fevral kuni yaxshi jang o'tkazib, nuqta qo'yamiz", dedi Temirov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar