04 mar 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov jangga jarohat bilan chiqdimi?
Xabaringiz bor hamyurtimiz yakshanba tonggida Las-Vegas shahrida o'zining ikkinchi jangini o'tkazgan edi.
Aralash yakkakurash ustamiz o'sha jangda oyog'ida jarohat bo'lganini aytdi.
"Oyog'imda kichik jarohat borligi sababli biroz qo'rqib harakat qildim. SHuning uchun ham o'zim xohlagandek jang qila olmadim, jangim o'zimga yoqmadi.
Ikkinchi raunddan keyin oyog'im umuman ishlamadi. SHu raundda jarohati bor oyog'im bilan tepib qo'yganimdan so'ng harakatlanish qiyinlashdi. Keyingi bahslarda bundan ham chiroyliroq jang ko'rsatishga harakat qilamiz", - dedi Temirov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar