So’nggi yangiliklar

14:10Бугун Шаҳрам Ғиёсов Мисрда жанг қилади (жанг вақти + трансляция) 0 13:49Теренс Кроуфорд: "Рингда исботлайдиган ҳеч нарсам қолмади" 0 13:28Ган Перейранинг кўзларини эҳтиёт қилмоқчи эмас: "Бу ММА!" 0 13:07Гвардиола Роналдунинг устозига айланиши мумкин 0 12:46Агит Кабайел Усик учун Мисрга йўл олди. Нега? 0 12:25Камилла Раҳимова "Ролан Гаррос" асосий тўр илк даврасидаги рақибасини билиб олди 0 12:04WBO Ломаченкога чемпионлик учун жанг қилиш имконини беради 0 11:43Элдор Шомуродов ва Аббосбек Файзуллаев Еврокубокларда иштирок этади 0 11:22Усик Криштиану Роналдуга мурожаат қилди 0 11:01Царукян UFC`даги жанг ҳуқуқини 200 000 долларга сотди 0 10:40Рамазон Темиров октагонга чиқадиган UFC турнирининг асосий жанги маълум 0 10:19Тухель нима сабабдан Палмер ва Фоденни ЖЧ-2026 учун Англия терма жамоасига чақирмагани маълум — The Sun 0 09:58Теренс Кроуфорд Усик - Верхувен жанги учун тахмин берди 0 09:37Chess Classic Romania 2026. Синдаровда кетма-кет иккинчи ғалаба. Бугун чемпионлик учун партиялар! 0 09:16Ҳумоюн Султонов Австрия турнири бош соврини учун ўйнайди 0

06 fev 09:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramazon Temirov oktagonga chiqadigan UFC turnirining markaziy jangi bekor bo'ldi

Bahor faslining birinchi kuni AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 253 turniri o'tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangi o'ta engil vazn toifasida UFC kamari uchun sobiq davogar Brendon Royval hamda Manel Kape o'rtasida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo amerikalik aralash yakkakurash ustasi mashg'ulot paytida jarohat orttirib oldi va buning natijasida jangdan "echildi". 

Royval bu holat uchun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali tashkilotchilar va muxlislardan kechirim so'radi. 

"Afsuski, jangda ishtirok eta olmayman. Jarohat oldim va bu yog'iga mashg'ulotlarni davom ettira olmayman. Manel Kapel va muxlislardan buning uchun uzr so'rayman. Hozirgi holatimda uch haftadan keyin o'tkazadigan jangimga munosib tarzda tayyorgarlik ko'ra olmayman", - dedi reyting peshqadami Royval. 

Hozircha UFC bu holat bo'yicha yakuniy qarorini elon qilmadi. Manel Kapega yangi raqib beriladimi yoki bu jangning o'zi boshqa sanadagi turnir kardiga ko'chirildimi, bu ham nomalum. 

Eslatib o'tamiz, UFC Fight Night 253 turniri doirasida hamyurtimiz Ramazon Temirov dunyoning eng kuchli ligasidagi o'zining ikkinchi jangini o'tkazadi. Aralash yakkakurash ustamizning raqibi UFC reytingida 15-o'rinni egallab turgan amerikalik CHarlz Jonson bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing