So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

03 mar 20:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramazon Temirov: "Raqibim juda kuchli edi. Top-15'ga kirdik, degan umiddaman"

Teglar :  Ramazon Temirov
O'ta engil vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov UFC'dagi ikkinchi g'alabasidan keyin reytingga kirishga umid qilmoqda.

Hamyurtimiz 2 mart tongida Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC Fight Night turniri doirasida reytingning 15-o'rnidagi amerikalik CHarlz Jonsonni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.

"Juda ham xursandman. Oldimizga qo'yilgan vazifa bajarildi. Raqibim kuchli jangchi edi. Top-15 reytingga kirdik, degan umiddaman. Raundlarni yutganimni bildim, sababi, jangda tekkizgan zarbalarimni his qildim. Uchta raundni ham yutdim, deb o'ylayman. Uch raundlik jangga reja qilib chiqqandim. Lekin jangimiz bunchalik tez bo'lib ketadi, deb o'ylamagan edim. Raqibimga yo'llagan zarbalarimni ko'pi tegmay qoldi, bu esa menga jang davomida noqulaylik tug'dirdi. Agar o'zim xohlaganimdek bo'lganida, muddatidan oldin yiqitishim mumkin edi uni. O'zim xohlaganimdek jang qilolmadim, lekin bundan yaxshiroq jang qilishga qodirman", deydi Temirov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing