So’nggi yangiliklar

14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0 10:59Илгиз Танташевнинг ЖЧ-2026`даги тақдири маълум! 0 10:27SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек ва Алиреза бир хилда очко тўплади, чемпион номини армагедон ҳал қилди 0 09:54Нурмагомедов: "Ҳеч ким Махачев рекордини янгилай олмайди" 0 09:21ACBJJ 21: Росас Магомедшариповни, "Гладиатор" эса Петросянни тўхтатди, Зубайрада мағлубият! 0 08:49Неймар Бразилия терма жамоасидаги фаолиятини якунлади 0 08:23Naroditsky Memorial 2026. Жавоҳир Синдаров блиц турнирида ҳам чемпион бўлди! 0 07:52Тошкент вилояти дзюдочилари Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 18:18Флойд Мейвезер: "50 ёшда ҳам ҳамон жаҳон боксининг юзиман" 0

14 okt 10:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramazon Temirov UFC'da g'alaba qozongan oltinchi o'zbekistonlik jangchiga aylandi

Bungacha jami 5 nafar o'zbekistonlik MMA jangchilari ligada g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan.

Ilk bor Mahmud Muradov 2019 yilning 28 sentyabr kuni UFC on ESPN+ 18 turniri doirasida italiyalik Alessio Di CHirikoni ochkolar hisobiga mag'lub etgan edi. SHundan so'ng, Mahmud UFC'da yana 4 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan holda shu yilning may oyida liga bilan xayrlashdi.

2020 yilda esa o'zbekistonlik ayol sportchilar orasida birinchi va hozircha oxirgi bo'lib Liliya SHakirova UFC oktagonida jang qildi. U ligadagi yagona jangida Loren Myorfiga imkoniyatni boy bergan edi.

2021 yil iyul oyida Zarruh Adashev (4-4), avgustda esa Saidyoqub Qahramonov (11-3) UFC'da g'alaba qozondi. Hozirda ularning har ikkisi sobiq jangchilar hisoblanadi.

2023 yilda esa Nursulton Ro'ziboev, Bogdan Guskov kabi sportchilarimiz o'z chiqishlarida o'zbekistonlik muxlislarni g'alaba bilan xursand qildi.

Kecha tongda Ramazon Temirov UFC'dagi debyut jangida amerikalik Si Jey Vergarani birinchi raundda nokautga uchratib, mazkur tashkilotda g'alaba qozongan oltinchi o'zbekistonlik sportchiga aylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing