13 jan 10:03
Yangiliklar
Ramazon Temirov UFC`dagi ikkinchi jangi uchun AQSHga jo'nab ketdi + FOTO
Avval xabar berilganidek, hamyurtimiz 1 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida amerikalik CHarlz Jonsonga qarshi oktagonga chiqadi. Ramazon bir yarim oy davomida tayyorgarlikni AQSHda o'tkazadi.
"Assalomu alaykum azizlar. 1 mart kungi jangimga tayyorgarlik ko'rish uchun AQSHga jo'nab ketyapman. In SHa Alloh, chiroyli g'alaba bilan qaytaman. Duoda bo'lib turinglar. Qo'limdan kelganicha harakat qilaman. Hammaga rahmat!", - deya surat ostida izoh ham qoldirgan Temirov.
Malumot uchun, CHarlz Jonson ayni paytda vazn reytingida 12-o'rinni egallab turibdi. U MMAda 17 g'alaba va 8 mag'lubiyat qayd etgan. Hozirda 4 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. 33 yoshli Jonson so'nggi jangini 2024 yilning 19 oktyabr kuni UFC Fight Night 245 turniri doirasida Su Mudaerjiga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi. Temirov esa 13 oktyabr kuni AQSH vakili Si Jey Vergarani birinchi raunddayoq nokautga uchratib, UFC'da muvaffaqiyatli debyut qilgan edi.
Fikrlar