14 okt 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov Zarruh Adashevdan keyin UFC'ning o'ta engil vaznida jang qilayotgan ilk o'zbek jangchisi bo'ldi
Bu holat o'zbekistonlik UFC jangchilarida ikkinchi bor yuz bermoqda.
Xabaringiz bor, kecha tongda AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC Vegas 98 turniri doirasida o'zbekistonlik Ramazon Temirov amerikalik Si Jey Vergarani birinchi raundda nokaut orqali taslim etdi.
Jang o'ta engil vazn toifasida (57 kg) tashkil etildi.
Mazkur vaznda o'zbekistonliklar orasida dastlab, Zarruh Adashev UFC'da faoliyat olib borgan edi. U 2020-2022 yillar davomida 4 ta jang o'tkazib, 1 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan edi.
Malumot uchun, avvalroq, UFC'dagi sobiq jangchimiz Mahmud Muradov va ayni damda yarim o'rta vaznda jang qilayotgan Nursulton Ro'ziboev o'rta vaznda janglar o'tkazishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar