17 may 07:30
Yangiliklar

Ramazondan keyin Eron chempionati qayta tiklanadi
Bu haqida Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi sahifasi orqali xabar berdi.
"Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy shaxsan shu haqida malum qilgan. Bu juda jiddiy bayonot hisoblanadi, chunki faqat kechaning o'zida Eronda koronavirus infekciyasi bilan kasallanish borasida 1757 ta yangi holat va 35 ta o'lim holati qayd qilingan.
Futbol chempionati muqaddas Ramazon oyidan keyin tiklanadi, ammo o'yinlar bo'sh stadionlarda o'tkaziladi, dedi Ruhoniy.
Mamlakat prezidenti bu haqda gapirsa, demak, futbol Eronda muhim siyosiy ahamiyatga ega va rasmiylar chempinoatni qayta boshlash orqali fuqarolarning kayfiyatini ko'tarmoqchi.
Bir yarim oy ichida mamlakat chempionatining yakuniy 9 ta tur bahslari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda", - deyiladi xabarda.
Fikrlar