So’nggi yangiliklar

12:30Ҳаваскор бокс ҳакамлигида сунъий интеллект жорий қилиниши мумкин 0 12:07Осиё чемпионати: Курашчи қизларимиз умумжамоа ҳисобида учинчи бўлишди 0 11:45Шаҳрам Ғиёсов The Ring рейтингини тарк этди 0 11:20Мессининг жароҳат жиддийми? "Интер Майами" футболчининг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 10:58Амирхон Алихўжаев ҳам Mangu 3'да жанг қилади. Рақиб эълон қилинди 0 10:36Анвар Анваров "Бриллиант Лига"нинг иккинчи босқичида қандай натижа кўрсатди? 0 10:13"Шунчаки сизларни зериктиргим келмади". Александр Усик Верхувен билан жанг ҳақида гапирди 0 09:48Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 4 та баҳс бўлиб ўтади 0 09:24Хамзат Чимаев Стрикленддан реванш сўрамоқда 0 08:59Ажойиб! Камилла Раҳимова дунёнинг 32-ракеткасини енгиб, "Ролан Гаррос" иккинчи даврасига йўл олди 0 08:34Жаҳонгир Расулов RCC Гран-приси финалига йўл олди 0 08:07Ўзбекистон МТЖ АҚШга жўнаб кетди (ФОТО) 0 19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0

17 may 10:52
Yangiliklar

SHaxmat

Rameshbabu chempion bo'lgan Superbet Chess Classic Romania turnirida Abdusattorov nechanchi o'rinni egalladi?

Ruminiya poytaxti Buxarest shahri mezbonlik qilgan klassik shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.

Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qildi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib bordi. 

Grossmeysterimiz kecha o'tkazilgan so'nggi 9-tur uchrashuvida amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda o'ynadi va durang natija qayd etdi. Bu bilan Nodirbek 9 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'arib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi. Abdusattorov 10 nafar ishtirokchi orasida reyting bo'yicha 7-raqam ostida tasniflangan edi. 

Musobaqa chempionligi Rameshbabu Praggnanandhaga nasib etdi. Hindistonlik grossmeyster turnirda oltinchi raqam ostida o'ynadi va so'nggi 9-turda amerikalik Levon Aronyan bilan murosaga keldi. Besh yarim ochko jamg'argan Rameshbabu qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra musobaqa chempioni bo'ldi. 

Franciyalik Alireza Firuzdja qora donalarda harakat qilganiga qaramay, ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikni mag'lubiyatga uchratdi. Yana bir francuz shaxmatchisi Maksim Vashe-Lagrav polshalik xalqaro grossmeyster Yan-Krishtof Dudadan ustun keldi. Hindistonlik Dommaradju Gukesh hamda amerikalik Fabiano Karuana partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. 

Malumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 1 g'alaba, 7 durang va 1 mag'lubiyat bilan turnir yakunida 4,5 ochko jamg'ardi. Hamyurtimiz musobaqadagi yagona mag'lubiyatini aynan Rameshbabudan qabul qilib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing