So’nggi yangiliklar

19:16Octagon League Тошкентда яна турнир ўтказади. Бу сафар Достон Бозоровни ҳам кўрамиз (ПОСТЕР) 0 18:55Ҳумоюн Тўхтамуродов ҳам "Ҳумо Арена"да жанг қилади (ВИДЕО) 0 18:34Ошпаз ва официантликдан футболга. Боаке ҳақида 7 қизиқарли факт 0 18:13Усман 30 ойга дисквалификация қилинди 0 17:52Дана Уайт Жонс ва Перейра ўртасидаги жангни ташкил этиш шартини айтди 0 17:49Ўзбек спорти халқаро эътироф марказида: Европа нашрлари баҳоси 0 17:31Махачевми ёки Топурия? — Пимблетт энг яхши P4P жангчисини айтди 0 17:10Равшан Ҳайдаров: "Футболчиларимиз жанговар ҳолатда" 0 16:4918 ёшли Мирра Андреева фаолиятидаги бешинчи WTA финалига чиқди 0 16:28Нурмагомедов Россия MMAси тарихидаги Топ-5 жангчиларни айтди 0 16:07"Ёқмаса, кўрманглар!" — Уайт танқидчиларга жавоб қайтарди 0 15:46Европа терма жамоаси афсонаси "Тоттенхэм" мураббийига айланди 0 15:25Тошкентда ён қўшниларимиз иштирокида қўшма машғулот ўтказиляпти + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:04Нурмагомедов UFC'даги кейинги жангини асли афғонистонлик спортчига қарши ўтказади 0 14:43Жошуа ҳалокатли ЙТҲдан сўнг машғулотга қайтди (ВИДЕО) 0

04 dek 00:10
Yangiliklar

Futbol

Ramos “El Klassiko”da “Real”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Ispaniya chempionatining 14-turidan o'rin olgan markaziy bahs, yani “El Klassiko” nomi bilan mashhur uchrashuv yakuniga etdi.

Uchrashuv keskin kurashlar ostida o'tdi. O'yinnig 53-daqiqasida “Barselona” jarima zarbasidan unumli foydalandi. Neymar tomonidan oshirib berilgan to'pni Luis Suares boshi bilan darvozaga joyladi va o'yinda hisobni ochdi - 1:0.

Kataloniyaliklar o'yin davomida bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Xususan Neymar va Messida gol urish uchun qulay vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo “Barselona” hujumchilari ushbu imkoniyatlardan unumli foydalana olishmadi.


Uchrashuvning oxirgi daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada “Real” jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Luka Modrich tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan so'ng Ramos boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi va muvozanatni tikladi - 1:1.

SHundan so'ng “Barselona” hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda g'alabani ilib ketishga ham yaqin kelgandi. Ammo Kazemiro “Real”ni juda qiyin pallada joniga oro kirdi.

Aynan ushbu futbolchi darvozaga kirib ketayotgan to'pni darvoza chizig'i ustidan qaytarib qolishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa ushbu “El Klassiko” murosa bilan yakun topdi.

Ispaniya chempionati, 14-tur.

BARSELONA – REAL MADRID 1:1

“Kamp Nou” stadioni

Gollar: Luis Suares (53), Serxio Ramos (90)

“Barselona”: ter Stegen, Suares, Pike, Alba, Buskets, Maskerano, Rakitich (Inesta, 60), Serji Roberto, Andre Gomesh (Turan, 78), Neymar (Suares, 87), Messi.

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Dias, 86), Modrich, Isko (Kazemiro, 66), Vaskes, Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).

Ogohlantirishlar: Isko (13), Neymar (28), Suares (75), Karvaxal (80), Buskets (83), Maskerano (89).


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing