23 iyu 10:01
Yangiliklar
Futbol

Ramos sobiq jamoadoshlariga qaysi klubga o'tishini aytdi
"Real" sobiq o'yinichisi Serxio Ramos faoliyatini PSJda davom ettirishi haqida bir necha sobiq jamoadoshlariga aytdi.
Ramos 17 iyun kuni "Real"da xayrlashuv matbuot anjumanini o'tkazdi. Iyun so'nggida u erkin agentga aylanadi.
Futbolchi madridliklar tarkibida jami 671ta o'yinda maydonga tushib, 101ta gol va 40ta assist qayd etgan.
PSJ unga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Kelishuvga ko'ra, Ramos Parij klubida yiliga 15 million evro maosh oladi.
Havola :
Manba : Mundo Deportivo
Fikrlar